Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iker Kasilyas 34 yoshni qarshiladi
Bugun 20 may kuni Ispaniya terma jamoasi hamda "Real Madrid" darvozaboni Iker Kasilyas 34 yoshga to‘ldi.
Futbolchi 1981 yil 20 may kuni Mostoles shahrida tug‘ilgan. U "Real" tarkibiga 8 yoshida kelib qo‘shilgan hamda butun futbolchilik faoliyatini shu yerda o‘tkazib kelmoqda. Klub bilan Chempionlar ligasini 3 marotaba, Ispaniya chempionatini 5 marotaba, Ispaniya superkubogini 4 hamda Ispaniya kubogi hamda UYeFA superkubogini 2 marotabadan, shuningdek, Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida va Toyota kubogida 1 marotaba zafar quchgan.

Terma jamoa tarkibida 2 bor Yevropa hamda bir marotaba jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.
Futbol tarixidagi eng kuchli darvozabonlar qatoriga kiritilgan o‘yinchining shaxsiy yutuqlari ham jamoaviy yutuqlaridan kam emas.

Kasilyas mamlakat chempionati, kubogi, superkubogi, Chempionlar ligasi, UYeFA superkubogi, Toyota kubogi hamda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida chempionlikni qo‘lga kiritgan yagona futbolchi hisoblanadi.

Bundan tashqari, 2014 18 mart kuni "Shalke"ga qarshi maydonga tushib, ushbu musobaqada 12 000 daqiqa o‘ynab, o‘zining sobiq jamoadoshi Raulni ortda qoldirdi.

Ketma-ket 5 marotaba dunyoning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan.
Ispaniyalik darvozabon terma jamoa safidagi g‘alabalar soni eng ko‘p futbolchi hisoblanadi.
Quyida Iker Kasilsyaning eng yaxshi "seyv"lari jamlangan videorolikni tomosha qilishingiz mumkin.