Jamiyat | 08:31 / 20.05.2015
2705
1 daqiqa o‘qiladi

Kanadada 10 kishi IShID safiga qo‘shilish uchun yo‘lga chiqqanida to‘xtatib qolindi

Kanada politsiyasi 10 nafar yosh yigitni Monreal shahridagi aeroportda IShID jangarilari safiga borib qo‘shilish maqsadida ketayotgani uchun qo‘lga oldi. Bu haqda SVS telekanalida ma'lum qilingan.

Ushbu shaxslarga nisbatan hozircha ayblov e'lon qilinmagan. Ularning pasportlari olib qo‘yilgan.

Ayni vaqtda politsiya vakillari qo‘lga olinganlarning qarindoshlari va tanishlarini tergov qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish