Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreyada qalinligi bir millimetrdan kam bo‘lgan ilk televizor namoyish qilindi
LG kompaniyasi qalinligi bir millimetrdan kamroqni tashkil qiladigan, organik setodiodlarda (OLED) ishlovchi o‘ta yupqa 55 dyuymli televizorning prototipini namoyish qildi, deb xabar bermoqda The Korea Times portali.
Qurilma Seulda bo‘lib o‘tgan sanoat ko‘rgazmasida namoyish etildi. Televizorning og‘irligi 2 kg ga yaqinni tashkil qilib, devorga magnit taglik yordamida mahkamlanadi.
Prototip LG kelajakda ham OLED-texnologiyalarni rivojlantirishga katta e'tibor qaratishi va bunga o‘xshash mahsulotlarni yaratishining isboti sifatida taqdim qilindi.
Ma'lumot uchun, organik svetodiodlarda ishlovchi ekranlar yorug‘lanishni talab etmaydi. Ular suyuq qristalli analoglariga nisbatan yupqaror va yengilroq, yorqinroq va energiya tejovchidir, biroq narxi ham qimmatroq turadi. Hozirda sotuvda bo‘lgan LG kompaniyasining eng yupqa 55 dyuymli OLED-televizorining qalinligi 4,3 mm ni tashkil qiladi. 2013 yilda bu model sotuvga chiqarilganda uning narxi 400 ming rublni tashkil qilgan edi, hozirda uning o‘rtacha narxi 265 ming rublni tashkil qilmoqda. Koreyada bu televizordan 3 ming dona sotilgan. Biroq ishlab chiqaruvchilar bu televizorga yuqori narxlar 2019 yilgacha saqlanib qolishini aytmoqdalar.
LG kompaniya OLED-ekranlar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Samsung kompaniyachi LG ning bu sohadagi asosiy raqobatchilaridan biri hisoblanadi. LG kompaniyasi 2015 yilda ishlab chiqariladigan o‘ta yuqori aniqlikdagi ko‘rsatish qobiliyatiga ega OLED-displeylar soni 600 ming donani, 2016 yilda 1,5 mln donani tashkil qilishiga umid bildirmoqda.