Sport | 21:34 / 20.05.2015
2204
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkdagi madam Tyusso muzeyida Messining mumdan ishlangan haykali paydo bo‘ldi

Nyu-Yorkdagi madam Tyusso muzeyida “Barselona” futbol klubi va Argentina terma jamoasining hujumchisi Lionel Messining mumdan ishlangan haykali tomoshaga qo‘yildi, bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Futbolchining haykalini yaratish ustida 4 oy ish olib borildi. Futbolchining qiyofasini gavdalantirish uchun uning suratlari va videoyozuvlardan foydalanildi.

Messining mum haykali Argentina terma jamoasining kiyimida tasvirlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish