Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 15:02 / 20.05.2015
2164
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston U-20 termasining JCh-2015 turniridagi raqibi Fiji-20 ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining Jahon Chempionati guruh bosqichidagi raqibi Fiji U-20 Meksika va Kolumbiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazdi.
Avstraliyaning Sidney shahrida o‘quv-yig‘ini o‘tkazayotgan fijiliklar “Valantine’s Sports Stadium”da Meksika yoshlar terma jamoasiga 3:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Fiji navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini Kolumbiyaga qarshi o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvda Kolumbiya 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.
Fiji U-20 delegatsiyasi 20 may kuni Yangi Zelandiyaga yetib boradi.