12:01 / 20.05.2015
1665

"Roma" van Persini o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirdi

"Roma" jamoasi "Manchester Yunayted"ning gollandiyalik hujumchisi Robin van Persining transfer huquqini sotib olishi mumkin. Bu haqda nashri Sport Italia xabar terqatgan.
Rimliklar vakili 31 yoshli bu hujumchining agenti bilan dastlabki muzokaralarni boshlagani aytilmoqda.
Jamoa yanvardagi transferlar vaqtida Moskvaning "TsSKA" jamoasidan xarid qilingan Seydu Dumbiyaning o‘yinlaridan qoniqish hosil qilmagan.
Shuningdek, Kristian Benteke ("Aston Villa"), Luis Adriano ("Shaxtyor") va Jyekson Martines ("Portu") kabi hujumchilar ham "jalorossilar" "nishonida turibdi".

Top