Jahon | 06:09 / 20.05.2015
7213
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning Damashqadagi elchixonasi minomyotdan o‘qqa tutildi

Suriya poytaxti Damashq shahrida joylashgan Rossiya elchixonasi minomyot hujumiga uchradi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Aleksandr Lukashevichga asoslangan holda vazirlik matbuot xizmati xabar qilgan.
"Shaharning hukumat nazoratidan chiqqan Jobar tumani hududidan turib berilgan zarbalardan biri elchixona eshigidan 15 metr nariga kelib tushdi. Yana bir mina esa binoning tashqi devoridan o‘tib, ichkaridagi xonalardan biriga zarar yetkazdi", deyiladi axborotda.
Bu hujum natijasida jarohatlanganlar bo‘lmagan.
Rossiya tashqi ishlar vazirligi bu holatga xalqaro jamoatchilik e'tiborini qaratishni va bunga munosabat bildirilishini xohlamoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish