Texnologiya | 20:35 / 20.05.2015
3014
2 daqiqa o‘qiladi

Samsung hozirgi davrga qadar 10 mln dona Galaxy S6 va Galaxy S6 Edge smartfonlarini sotgan

Samsung Electronics korporatsiya ilk bor Galaxy S6 smartfonlari savdosi natijalari haqida ma'lumot berdi. Natijalarga ko‘ra, yangi qurilmalar o‘zlarining oldingi modellaridan uncha ham ommaviylashgan ko‘rinadi.

19 may kuni Yonhap axborot agentligi Samsung ning yuqori lavozimdagi xodimiga iqtibos keltirgan holda Galaxy S6 seriyasidagi smartfonlar 10 mln donadan ko‘proq miqdorda sotilganini ma'lum qilgan. Kompaniyada bu ko‘rsatkichga qachon erishilgani haqida ma'lumot berilmagan, biroq gap bir oylik savdolar haqida ketayotgani taxmin qilinmoqda. Galaxy S6 va Galaxy S6 Edge smartfonlari 10 apreldan dunyo bo‘ylab sotuvga chiqarilgan.

Manbaning ta'kidlashicha, Galaxy S5 va Galaxy S4 smartfonlari o‘z vaqtida bir oydan kam bo‘lgan muddatda 10 mln donadan ko‘proq miqdorda sotilgan. Dastlabki natijalarga ko‘ra, Galaxy S6 o‘zidan oldingi modellarga bu borada ustunlikni boy bergan bo‘lsada, biroq umumiy savdolar hajmi anchagina tashkil qilishi taxmin qilinmoqda.

Counterpoint tadqiqot kompaniyasi prognozlariga ko‘ra, 2015 yilda 50 mln dan ko‘proq Galaxy S6 va Galaxy S6 Edge smartfonlari sotiladi. Ba'zi tahlilchilar esa ushbu qurilmalardan 70 mln dona sotiladi, deb aytishmoqda. Ishlab chiqaruvchining o‘zi esa qurilmalar rekord darajada sotilishini prognoz qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish