Texnologiya | 07:46 / 20.05.2015
3616
3 daqiqa o‘qiladi

Samsung kompaniyasi rahbari o‘z o‘rnini o‘g‘liga bo‘shatib beradi

15 may kunida Samsung kompaniyasi matbuot kotibi 31 maydan xolding rahbari Li Gon Xining o‘g‘li – Li Chjye Yen kompaniyaning ikkita asosiy jamg‘armasi – Samsung Life Public Welfare Foundation (Samsung jamoatchilik hayoti farovonligi jamg‘armasi) va Samsung Foundation of Culture (Samsung madaniyat jamg‘armasi)ning rahbari etib tayinlanishini ma'lum qildi.

73 yoshli Li Gon Xi bir yil avval yurak xuruji bilanshifoxonaga yotqazilgan edi. Hozirda uning o‘g‘li direktorlar kengashi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlamoqda.

Kompaniya mulkini taqsimlash murakkab tizimining muhim tashkil etuvchisi hisoblanadigan Samsung Life Insurance Co Ltd aksiyalari paketiga egalik qilish Li oilasi ustav jamg‘armasida nisbatan katta ulushga egaligiga qaramasdan, unga xoldingni nazorat qilishga imkon beradi.

Foto: Li Chjye Yen

Ma'lumotlarga ko‘ra, Li Gon Xi shifoxonaga yotqazilgandan beri uning o‘g‘li Li Chjye Yen kompaniyani rivojlantirish bo‘yicha muhim qarorlarni qabul qilish javobgarligini o‘z zimmasiga olgan.

“Rahbariyatning meros sifatida o‘tishida Samsung Group’ning asosiy kompaniyalari ustav jamg‘armasida ulushlarga ega bo‘lgan jamg‘armalar ustidan nazoratning topshirilishi muhim omil hisoblanadi. Ishonch bilan aytish mumkinki, rahbariyatni topshirish jarayoni o‘zining yakuniy bosqichiga o‘tdi”, deb aytmoqda korporativ monitoring tashkiloti rahbari Pak Tszyuy-gun.

Oxirgi yillarda kompaniyada sarmoyachilar va mutaxassislar tomonidan rahbariyatning Lidan uch o‘g‘liga o‘tishiga tayyorgarlik sifatida qabul qilingan bir qator qarorlar qabul qilingan.

Samsung rahbarining o‘zgarishi haqida hech qanday ma'lumotlar berilmagan va kompaniya matbuot kotibi Li Chjye Yenning direktorlar kengashi raisi etib tayinlanishi muddatlari haqida izoh berishdan bosh tortdi. Ba'zi manbalar Li Gon Xining ahvoli yaxshi emasligini tasdiqlashlariga qaramasdan, kompaniya matbuot kotibi Li Gon Xining salomatligi barqarorlashganligini aytmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish