23:41 / 20.05.2015
2506

Saudiya Arabistoni Xitoyga neft yetkazib berish hajmini ko‘paytirmaslikka qaror qildi

Saudiya Arabistoni Xitoyga neft mahsulotlari yetkazib berish hajmini ko‘paytirmaslikka qaror qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Xususan, Saudiya Arabistoni Xitoyning PetroChina va Sinopec kompaniyalariga mos ravishda tegishli Chinaoil va Unipec kompaniyalariga yetkazib beriladigan neft hajmini ko‘paytirishdan bosh tortdi. Avvalroq ushbu kompaniyalar may va iyun oylarida qo‘shimcha neft xom ashyosi yetkazib berishga buyurtma bergan edilar. Endi Xitoyning ushbu kompaniyalari G‘arbiy Afrika, Ummon va Rossiyadan yangi neft yetkazib beruvchilarni izlashga majbur bo‘ladilar.

Avvalroq Saudiya Arabistoni eksport qiladigan neft hajmi 2005 yildan beri o‘zining maksimal qiymatiga yetganligi ma'lum qilingandi. Joint Organisations Data Initiative tashkilotining ma'lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni 2015 yilning mart yakunlariga ko‘ra, sutkasiga 7,9 mln barrel neft eksport qilgan.

Top