O‘zbekiston | 16:05 / 20.05.2015
1782
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Uzbekistan Agrominitech Expo – 2015 ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

2015 yilning 27-30 may kunlari “O‘zekspomarkaz”ning markaziy pavilonida X Xalqaro ixtisoslashgan Uzbekistan Agrominitech Expo – 2015 ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Bu haqda ko‘rgazma tashkilotlari tarqatgan matbuot xabarnomasidan ma'lum bo‘ldi.

Xabarnomada qayd etilishicha, 2006-2014 yillarda o‘tkazilgan ko‘rgazmalarda dunyoning 35 mamlakatidan 350ta kompaniya vakillari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etgan. Ko‘rgazmalarga 40 mingdan ortiq kichik biznes obektlari, agrofirmalar va fermer xo‘jaliklari vakillari tashrif buyurgan. Ular yakuniga ko‘ra umumiy qiymati 80 mln dollarni tashkil qiladigan 2 500 shartnoma imzolangan.

Ta'kidlanishicha, bu yilgi ko‘rgazma bir qancha mavzuli bo‘limlardan iborat bo‘ladi. Ular meva-sabzavot mahsulotlarini, baliq, go‘sht, sut mahsulotlarini qayta ishlash, veterinariya, non va makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish, poligrafiya, muzlatish texnologiyasi singari sohalarni qamrab oladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish