Jahon | 08:19 / 20.05.2015
1529
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston va Pokiston gaz quvuri qurilishini muhokama qiladi

Bugun Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Ashxobodda Pokiston bosh vaziri Muhammad Navoz Sharif bilan uchrashuv o‘tkazadi. RIA Novosti agentligining xabar berishicha, muzokaralar chog‘ida, mintaqaviy va xalqaro siyosatning istiqbolli yo‘lanilishlari bilan bir qatorda, Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston-Hindiston gaz quvurining qurilishi borasida muzokaralar olib boriladi.
Ekspertlarning fikricha, ushbu gaz quvurining yaratilishi Turkmanistonga gaz eksporti diversifikatsiyasini amalga oshirishga yordam beradi. O‘z navbatida Kobul yangi ish o‘rinlari yaratish uchun investitsiyalarga, Pokiston bilan Hindiston esa iqtisodiyotni rivojlantirishda zarur bo‘lgan energetika resurslariga ega bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish