Jahon | 15:38 / 20.05.2015
4880
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada AQShning raketalarga qarshi mudofaa tizimi joylashtirilsa, Rossiya bunga javob beradi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa xizmati rahbari Aleksandr Turchinovning mamlakat hududida AQSh tomonidan yaratilayotgan raketalarga qarshi mudofaa tizimining ayrim unsurlari joylashtirilishi mumkinligi haqidagi so‘zlarini sharhlab o‘tdi.

“Agar Ukraina o‘z hududida AQSh raketalarga qarshi tizimi unsurlarini joylashtirishni rejalashtirayotgani nazarda tutilgan bo‘lsa, buni faqat salbiy qabul qilish mumkin. Negaki bu Rossiya Fedartsiyasiga xavf tug‘diradi. Tizim Ukraina hududida o‘rnatilgan taqdirda Rossiya o‘z xavfsizligini ta'minlash uchun javob choralarini ko‘radi”, – uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish