Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Klichko dunyoning eng yaxshi bokschilari ro‘yxatida o‘z o‘rnini boy bermoqda
O‘ta og‘ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF tasniflari bo‘yicha jahon chempioni Vladimir Klichko The Ring jurnalining talqini bo‘yicha dunyoning eng yaxshi bokschilari Pound for Pound (P4P, vazn toifasidan qat'iy nazar) reytingida 2-o‘rindan 3-o‘ringa tushib ketdi.
Uning o‘rniga 2-o‘ringa eng yengil vazn toifasida WBC talqini bo‘yicha jahon chempioni 27 yoshli nikaragualik bokschi Roman Gonsales ko‘tarildi. Dam olish kunlari Gonsales birinchi o‘ta yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni 35 yoshli Edgar Sosaga qarshi o‘tkazgan jangida raqibini 2-raundda nokautga uchratib, muddatidan oldin g‘alaba qozondi.
Pound for Pound reytingining yuqori o‘ntaligi quyidagicha ko‘rinish olgan:
1. Floyd Meyvezer (AQSh)
2. Roman Gonsales (Nikaragua)
3. Vladimir Klichko (Ukraina)
4. Gennadiy Golovkin (Qozog‘iston)
5. Gilermo Rigondo (Kuba)
6. Menni Pakyao (Filippin)
7. Karl Froch (Buyuk Britaniya)
8. Sergey Kovalev (Rossiya)
9. Terens Krouford (AQSh)
10. Sinsuke Yamanaka (Yaponiya)
Vladimir Klichkoning navbatdagi raqibi WBO talqini bo‘yicha chempionlik jangi uchun majburiy nomzod bo‘lgan britaniyalik Tayson Fyuri bo‘lishi kerak. WBO tomonlar zimmasiga 5 maydan muzokaralar o‘tkazishni boshlash majburiyatini qo‘ygan.
Bundan tashqari, Vladimir Klichko HBO telekanalida namoyish etiladigan The Fight Game dasturi bo‘yicha bugungi kunda eng tomoshabop bo‘lmagan bokschilar reytingidan ham joy oldi.