Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro islom missiyasi rahbari Rossiyada ko‘pxotinlikni taqiqlamaslik kerakligini aytdi
Xalqaro islom missiyasi rahbari, muftiy Shafig Pshixachev Rossiyada ko‘pxotinlikni qonuniylashtirish kerak, deb hisoblamoqda. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar bergan.
“Bu fuqarolik nikohi yoki rasman qayd qilingan ko‘rinishda ifodalanadimi, istalgan vaziyatda ham ko‘pxotinlikdan qochib qutulib bo‘lmaydi. Men Rossiyada 28 yildan beri ishlayman. Bu bizning ustimizga yopirilib kelayotgan haqiqatdir va uni to‘xtatib bo‘lmaydi”, deb aytmoqda Pshixachev.
Pshixachevning aytishicha, ko‘pxotinlik kimningdir “erkaligi” emas, balki obektiv haqiqat hisoblanadi.
“Islom ko‘pxotinlikka erkak o‘zini sultonlardek tutishi yoki his qilishi uchun ruxsat bermaydi. Jamiyatda doimo qandaydir muvozanat saqlab turiladi. Biz bilamiz, bugun erkaklar soni kamayib ketmoqda, ayollar esa borgan sari ko‘paymoqda. Biroq hamma ham baxt nima ekanligini his qilishni istaydi”, deb ta'kidlab o‘tdi Pshixachev.