Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy xorijiy aviakompaniyalar ustidan nazoratni kuchaytiradi
Xitoyda xorijiy aviakompaniyalar tomonidan xavfsizlik qoidalarining bajarilishi ustidan nazorat kuchaytiriladi. Bu haqda Xitoy fuqarolik aviatsiyasining bosh boshqarmasi chop etgan xabarda aytilmoqda.
Hujjatga ko‘ra, 2005 yilda qabul qilingan “Xorijiy havo-transport tashuvchilarining standartlarga muvofiqligini aniqlash qoidalari”ga qo‘shimcha ravishda bu talablarning bajaralishini baholash tizimining alohida tizimi kiritilmoqda. Har bir xorijiy aviakompaniyaga 0 ballik daraja beriladi. Agar 6 oy davomida parvozlar xavfsizligida muammolar aniqlanmasa, aviakompaniyaga 1 ball beriladi, har bir qoidabuzarlik uchun esa, aksincha, 1 ball olib tashlanadi. Agar aviakompaniyaning ballari soni “-12” gacha tushib ketsa, unda bu aviakompaniyaga Xitoyda ishlash man qilinadi. Xususan, boshqa keskin jazolar ham nazarda tutilgan: “-8” darajada aviatashuvchi cheklangan miqdordagi aeroportlarga ucha oladi, bunda u parvozlarni hamma turdagi samolyotlarda ham amalga oshirolmaydi.
Ayni paytda Xitoyda 156 ta xorijiy aviakompaniya faoliyat yuritadi. O‘tgan yili ular tomonidan 374 mingta reys amalga oshirilgan, bu ko‘rsatkich Xitoydagi jami parvozlarning 11 foizini tashkil qiladi.