Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
26 may kuni Chimkentda shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi bilan ataluvchi masjid ochiladi
Janubiy Qozog‘istonning Chimkent viloyatida yangi masjidning qurilish ishlari yakunlandi. 3000 kishini sig‘dira oladigan ushbu masjid shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi bilan ataldi.

Ushbu maskan shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi bilan atalgan O‘rta Osiyodagi ilk masjid hisoblanadi. Eslatib o‘tamiz, bundan avval olimning nomidagi masjid dunyo bo‘yicha ilk bor Janubiy Koreyada ochilgan edi.

Chimkentdagi masjid qurib bitkazilgach, ehson marosimi o‘tkazilgan. Masjid Janubiy Qozog‘iston muftiyati va tadbirkor Rahimjon Yo‘ldoshev homiyligida barpo qilingan. O‘tkazilgan ehsonga butun shahardan, madrasalardan mehmonlar tashrif buyurishdi. Masjidning qurilishi va bezak ishlarida milliy arxitektura an'analariga rioya qilingan bo‘lib, binoning ichki tomoniga och firuza va zumrad ranglarda jilo berilgan.
Ma'lum qilinishicha, masjidning rasmiy ochilish marosimi 26 may kuniga mo‘ljallangan.