Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukrainada raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini o‘rnatishni rejalashtirmayotganini ma'lum qildi
AQSh Davlat departamenti vakili Mari Xarf matbuot anjumanida AQSh Ukrainada raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini o‘rnatishni rejalashtirmayotganini ma'lum qildi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar bermoqda.
Xarf NATO raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimlari Rossiyaga qaratilmaganligini ta'kidlab o‘tdi.
Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina xavfsizligi va mudofaasi milliy kengashi kotibi Aleksandr Turchinovning Ukrainada AQSh raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimlari o‘rnatilishi haqidagi xabarini “havoni larzaga keltirish” deb atagan edi.