12:42 / 21.05.2015
2532

Benites «Real» jamoasi murabbiyligi uchun asosiy nomzod bo‘lib turibdi

Ayni vaqtda "Napoli" jamoasida bosh murabbiy hisoblanadigan ispaniyalik mutaxassis Rafael Benites Ispaniyaga qaytishi mumkin. U 24 may kuni ketishi rasman e'lon qilinadigan Karlo Anchelotti o‘rniga "Real"ni boshqarish uchun asosiy nomzod sifatida qaralmoqda.

Xabar qilinishicha, klub rahbariyati va murabbiyning agenti Manuel Kilon o‘rtasidagi muzokara yakunlanish arafasida turibdi. Florentino Peres 2009 yilda ham Benitesni "Real"ga taklif qilgan, ammo murabbiy "Liverpul"dan ketishni istamagandi.

Ma'lumot uchun, yaqinda Benites "Vest Xem" jamoasidan tushgan taklifiga rad javobini bergan edi.

Top