16:29 / 21.05.2015
2096

Bill va Hillari Klintonning qizi bolalar uchun kitob yozdi

AQSh sobiq prezidenti Bill Klinton va sobiq Davlat kotibi Xillari Klintonning qizi Chelsi Klinton kuzda o‘zining bolalar uchun ilk kitobini chop etadi. Bu haqda People nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaning yozishicha, kitob «Bu sizning dunyoingiz: xabardor bo‘ling, ilhomlaning va ish boshlang» (It's Your World: Get Informed, Get Inspired & Get Going) deb nomlanadi.

Jurnalda yozilishicha, yangi avlod bolalarini va qizlarini sayyoramizni asrab qolish uchun ularga umid va ilhom bag‘ishlashga harakat qilgan. Chelsi o‘zining kitobida qashshoqlmk, uysizlik va iqlim o‘zgarishlari kabi mavzularni qamrab olgan.

Klinton xonimning so‘zlariga ko‘ra, u bu kitobni yozish haqida homiladorlik paytidayoq o‘ylab qo‘ygan va farzandi tug‘ilganiga qadar yozib tugatgan. Hozirda Chelsining farzandi yetti oylik bo‘lgan.

Mazkur kitob 2015 yilning 15 sentabr kuni chiqishi kutilmoqda. U 10 va 14 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.

Top