Jamiyat | 09:51 / 21.05.2015
2095
1 daqiqa o‘qiladi

Christie's savdolarida Romanovlar xonadoniga tegishli buyumlar 5 mln dollarga sotildi

Nyu-Yorkdagi Christie's savdo uyi o‘tkazgan kim oshdi savdosida Romanovlar sulolasiga tegishli bir qator noyob buyumlar sotildi. Bu haqda savdo uyining rasmiy sayti orqali ma'lumot berildi.

Savdo chog‘ida ishlangan pulning umumiy miqdori 5 mln 358 ming dollarni tashkil qildi.

Xususan, Nikolay II tomonidan Bolgariyaning Rossiyadagi elchisiga sovg‘a qilingan oltin tamakidon 665 ming dollarga sotildi.

Buyuk knyaz Georgiy Romanovga (1863-1919) tegishli buyum – kumush suvi yuritilgan, buyuk knyazning qizi Ninaning rasmi joylashtirilgan yurak shaklidagi hoshiya 106 ming dollarga xarid qilindi.
Shuningdek, buyuk knyazning qizlari – Nina va Kseniyaning pasportlari sotuvga qo‘yildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish