O‘zbekiston | 16:50 / 21.05.2015
2343
2 daqiqa o‘qiladi

Kuala-Lumpurda «O‘zbekistonning noyob tarixiy va madaniy merosining namoyishi» nomli taqdimot o‘tkazildi

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahridagi Avraam Linkoln nomidagi Universitetda «O‘zbekistonning noyob tarixiy va madaniy merosining namoyishi» nomli mavzudagi O‘zbekistonning sayyohlik imkoniyatlarini namoyish qiluvchi taqdimot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Jahon» AA xabar tarqatdi.

Manbaning ma'lumot berishicha, taqdimot kuzatuvchilari O‘zbekistonning sayyohlik sohasidagi yutuqlari va asosiy yo‘nalishlari, har yili oshib borayotgan xorijlik sayyohlarni jalb qila olish imkoniyatlari bilan tanishdilar. «O‘zbekistonning qimmatli arxitekturaviy yodgorliklarini asrab-avaylash, zamonaviy mehmonxona tuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari eng yuqori xalqaro talablarga javob berishi alohida qayd etib o‘tildi», deb yozadi manba.

Bundan tashqari, taqdimotda o‘zbek milliy oshxonasi, betakror ta'mga ega o‘zbek quritilgan mevalari hamda O‘zbekistonning tarixiy shaharlari va arxitekturaviy yodgorliklari foto va video ko‘rinishida taqdim etildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish