13:22 / 21.05.2015
5351

Munisa Rizayeva uning ashulalari o‘g‘irlanganidan xafa emas

O‘zbekistonlik xonanda Munisa Rizayevaning ikkita ashulasi chet ellik qo‘shiqchilar tomonidan “o‘g‘irlangan”i aytilmoqda.

1news.uz saytining ma'lum qilishicha, xonandaning “Sekin-asta” qo‘shig‘i qozog‘istonlik Jan Ahmadiyev va Indiralar tomonidan qozoq tilida “Shekten aspa” nomi ostida qayta kuylangan. Shunga qaramay, titrlarda ushbu kompozitsiyaning cover-versiya ekanligi aytib o‘tilgan.

Kavkazortida esa Ayshat Aysayeva ismli xonanda Munisa Rizayevaning “Ubegi” nomli ruscha ashulasini “Ubegay” nomi ostida qayta kuylagan.
Bu holatga munosabat bildirar ekan, Rizayeva unga taqlid qilayotganlaridan faqat xursand ekanligini ta'kidladi.

Top