Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostona aeroporti rekonstruksiya qilinadi
Tengrinews.kz portali tahririyatining Ostona aeroporti rekonstruksiya qilinishi borasida berilgan savolga javoban, hozirda Ostona aeroporti va “Kazaeronavigatsiya” davlat korxonasining eski binolari buzilib, mavjud muhandislik kommunikatsiyalar olib chiqilayotgani, yangi terminalga kotlavan qazish ishlari olib borilayotgani, yangi perronni qurish ishlari boshlab yuborilganini ma'lum qildi. Shuningdek, tahririyat muxbiriga aeroportning rekonstruksiyadan keyingi ko‘rinishining xomaki chizmalari namoyish qilindi.
Qozog‘iston poytaxti aeroportining rekonstruksiya qilinishiga 60 mlrd tanga ajratilishi ma'lum qilingandi. Birinchi navbatda ishlar yo‘lovchilarni qabul qilishning mavjud quvvatlarini kengaytirishga qaratilgani ta'kidlab o‘tilgan edi.
Bugungi kunda aeroportning yo‘lovchi terminali quvvati yiliga 3 mln yo‘lovchini tashkil qiladi, rekonstruksiyadan keyin esa bu ko‘rsatkich 7 mln.ga yetadi. Shuningdek, uchish-qo‘nish polosasi va yo‘laklar ham katta miqyosda rekonstruksiya qilinishi aytilmoqda.
Aeroport rekonstruksiyasi 2016 yilning oxiriga qadar yakunlanishi hamda 2017 yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda.
20 mayda Qozog‘iston geografik jamiyati Facebook’ga Ostona aeroportining arxiv suratlarini joylashtirdi.