12:58 / 21.05.2015
2025

O‘zbekiston moliya vazirligi mutaxassislari Xalqaro valyuta jamg‘armasi seminarida ishtirok etdi

2015 yilning 4-15 may kunlari O‘zbekiston moliya vazirligi mutaxassislari Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan Birlashgan Vena institutida (Avstriya) o‘tkazilgan “Makroiqtisodiy boshqaruv va fiskal siyosat” mavzuidagi seminarda ishtirok etdi.

Tadbirda Yevropa va Markaziy Osiyoning 16 davlatidan tashrif buyurgan 30 tinglovchi ishtirok etdi.

Tadbir davomida davlat xarajatlari, davlat xarajatlarini isloh qilish strategiyasi, soliq siyosati prinsiplari va ahamiyati, moliyaviy inqirozlarning byudjyet tomonlari singari masalalar muhokama qilindi.

Top