O‘zbekiston | 20:06 / 21.05.2015
5796
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik maktab bitiruvchilari uchun talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati tasdiqlandi

O‘zbekiston Xalq ta'lim vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi umumiy o‘rta ta'lim maktab bitiruvchilarining shaxsiy ishlarini shakllantirish uchun talab etiladigan hujjatlar ro‘yxatini tasdiqladi. Bu hujjatlar quyidagilardan iborat:

1. Bitiruvchining ota-onasining (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning) akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji direktori nomiga arizasi.

2. 086-U shaklidagi tibbiy ma'lumotnoma.

3. Bitiruvchi biometrik pasportining nusxasi, 16 yoshga yetmaganlarga – tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma.

4. Bitiruvchining 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 6 ta rangli surati.

5. Umumta'lim fanlari bo‘yicha respublika olimpiadalari g‘oliblariga respublika tashkiliy qo‘mitasi topshirgan yo‘llanma (agar bo‘lsa).

6. Umumiy o‘rta ta'lim haqidagi attestat.

7. Xalq ta'limi tizimida o‘tkazilgan psixologik-pedagogik tashxislash xulosalari (O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxislash Respublika markazi tavsiyalari).

8. Sog‘liqni saqlash vazirligi vrachlik-maslahatlashuv komissiyalarining xulosalari va tavsiyalari, ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlariga yuborilayotgan imkoniyati cheklangan shaxslarga mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmalari, bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazlari bergan yo‘llanmalar.

9. Bitiruvchining akademik litsey yoki kasb-hunar kollejiga jalb qilinmaganligini tasdiqlovchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ta'lim vazirligi, Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalarining ma'lumotnomasi – avval akademik litsey yoki kasb-hunar kollejiga jalb qilinmagan bitiruvchilar uchun.

Ushbu ro‘yxatning 1-5-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar bevosita bitiruvchining ota-onalari (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar), 6-9-bandlarida ko‘rsatilganlari esa tegishli umumiy o‘rta ta'lim maktabi tomonidan yig‘iladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish