12:37 / 21.05.2015
2028

Pol Pogba «Barselona»ga o‘tishga rozilik bergani xabar qilinmoqda

"Yuventus" jamoasining fransiyalik yarimhimoyachisi Pol Pogba faoliyatini «Barselona»da davom ettirishga yaqin turibdi.

Sport.es nashrida yozilishicha, 22 yoshli futbolchi kataloniyaliklar safiga o‘tishga rozi bo‘lgan. Turinliklar uning transfer narxini 80 mln yevro qilib belgilashgan.

Bu futbolchiga asosiy da'vogarlardan biri "Manchester Siti" Pogba uchun 100 mln yevro taklif qilgan bo‘lsada, futbolchining o‘zi «Barselona»ga o‘tishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, FIFA tomonidan «Barselona»ga transferlar borasida qo‘yilgan taqiq 2016 yilning yanvarida yakuniga yetadi.

Top