21:49 / 21.05.2015
4717

Putin yaxshi ko‘rgan ish bilan shug‘ullanish baxt ekanligini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin baxt tushunchasi u uchun yaxshi ko‘rgan ish bilan shug‘ullanish va ulkan natijalarga erishish imkoniyatining mavjudligi ekanligini aytdi. Bu haqda “Rossiya 24” telekanali ma'lum qilmoqda.

Rossiya prezidenti bu fikrni Kremlda davlat mukofotlarini topshirish marosimi davomida aytib o‘tdi.

“Albatta, hayotdan zavq olish juda muhimdir. Sizga o‘xshagan odamlar yaxshi ko‘rgan ishi bilan shug‘ullanib, ulkan natijalarga erishadilar. Mana shuni baxt deb bilaman. Aynan shu narsa hayotdan zavq olish imkoniyatini beradi”, deb aytdi Putin.

Putin Kremldagi bu tadbirda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni 1-chi darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirladi.

O‘tgan yilning dekabrida Putin bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida muhabbat borasida unda hammasi joyida ekanligini aytgan edi.

2013 yilda o‘tgan matbuot anjumanida Putin “Siz o‘zingizni baxtli hisoblaysizmi?” degan savolga aniq javob bera olmagan.

Top