Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatarda JCh-2022 uchun stadionlar qurish jarayonida 441 nafar mehnat muhojiri halok bo‘lgani ma'lum qilindi
Inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkiloti Qatardagi mehnat qonunchiligi bo‘yicha hisobot tayyorladi. Hisobotda Qatarda 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan mundialga tayyorgarlik ko‘rish jarayoniga e'tibor qaratilgan.
Huquq himoyachilari mehnat muhojirlarining huquqlari buzilishda davom etishidan xavotirda ekanliklarini bildirib o‘tishgan. FIFAdan Qatar hukumatiga murojaat qilib, bu mamkakatda mehnat qonunchiligi xalqaro normalar asosida qayta ko‘rib chiqilishini talab qilishi kerakligini ta'kidlashgan.
Ma'lum qilinishicha, 2014 yilgi qurilishlar vaqtida Qatarda Hindiston va Nepaldan kelgan 441 nafar muhojir halok bo‘lgan.