Jamiyat | 11:46 / 21.05.2015
2992
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda Botirxon Shukenov nomidagi jamoat jamg‘armasi ta'sis etiladi

Qozog‘istonda marhum qo‘shiqchi, “A-studio” guruhining sobiq yakkaxon ijrochisi Botirxon Shukenov nomidagi jamoat jamg‘armasi ta'sis etiladi, deb xabar bermoqda qo‘shiqchining direktori O‘ljas Baykanov.

“Ayni paytda “Botirxon Shukenov nomidagi jamg‘arma” ro‘yxatdan o‘tish jarayonida turibdi. Men hozir bu masalaning barcha huquqiy tomonlari bilan shug‘ullanmoqdaman. Jamg‘armaning boshlig‘i Botirning ukasi – Bourjon Shukenov bo‘ladi. Umid qilamanki, bizning jamg‘armamiz ostida g‘oya va takliflari bor insonlar jamlanishadi”, deb yozdi Baykanov o‘zining Facebook tarmog‘idagi sahifasida.

Botorxon Shukenovning direktori tashabbuskor guruhlarga 6 iyunda uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi.

“May oyida guruhlar bilan birga bo‘lganimizdan ko‘ra qandaydir ijobiy va to‘g‘ri qarorlarga erishish murakkabroqdir. Barcha dafn marosimlari o‘tgandan keyin, biz uchrashuv vaqti va joyi haqida ma'lumot beramiz. Uchrashuvgacha barcha tashabbuslarni, imzolar yig‘ishni to‘xtatib turishni so‘rayman”, deb ta'kidlab o‘tdi Baykanov.

Botirxon Shukenov Moskvada 53 yoshida infarktdan vafot etdi. Musiqachi bilan vidolashuv marosimi 1 may kuni Jambul nomidagi Davlat filarmoniyasi binosida bo‘lib o‘tdi. Aynan shu yerda qo‘shiqchi o‘z ijodiy faoliyatini boshlagan. Shukenovning tug‘ilgan kuni – 18 mayda Qozog‘istonning bir qator shaharlarda uni xotirlash kechalari bo‘lib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish