Jamiyat | 17:50 / 21.05.2015
4238
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya patriarxi: soqolli "ayollar" rus madaniyatiga yot

Moskva va butun Rossiya patriarxi Ulyanovskda bo‘lib o‘tgan “Pravoslav tashabbusi” grant konkursi loyihalari rahbarlari bilan uchrashuvda Yevrovideniye musiqiy tanlovini tanqid qildi.

“Allalar, diniy va vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlarni qo‘llab-quvvatlash kerak. Bizga o‘z tanlovlarimiz kerak, biz o‘z madaniyatimizni targ‘ib qilishimiz va uni butun dunyoga ko‘rsatishimiz kerak”, – uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Shuningdek, u, agarda tanlovda bu yil rossiyalik xonanda Polina Gagarina g‘alaba qozonsa, keyingi yili Yevrovideniye “o‘z soqolli ayollari bilan” Rossiyaga kelishini, bu esa “rus madaniyatiga va ruhiyatiga yot” ekanligini ta'kidlab o‘tdi.
Seshanba kuni Venada tanlovning birinchi yarim finali bo‘lib o‘tdi. Final 23 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish