Jamiyat | 08:28 / 21.05.2015
2981
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada Mangu olovda kartoshka pishirayotgan o‘quvchilar qo‘lga olindi

Tula viloyatida uch nafar o‘quvchi Mangu olovda kartoshka pishirayotgan chog‘da qo‘lga olindi. “Tulskaya pressa” nashrida yozilishicha, bolalar kartoshka pishirish jarayonida Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 70 yilligi munosabati bilan Mangu olov poyiga qo‘yib ketilgan guldastalarni yoqib yuborgan.
Voqea Aleksina shahrida sodir bo‘ldi.
Viloyat gubernatori Vladimir Gruzdevning so‘zlariga qaraganda, bolalarning biri 12, ikkitasi 14 yoshda. Ularga nisbatan “vafot etganlarning tanalarini va ular ko‘milgan yerlarni haqorat qilish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
“Agar chora ko‘rmasak, yosh avlodni yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin. Maktab tarbiyalashi kerak”, – qo‘shimcha qildi Gruzdev.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish