Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sony virtual reallik uchun o‘yinlar ishlab chiquvchi studiya ochdi
Yaponiyaning Sony korporatsiyasining o‘yinlar ishlab chiquvchi bo‘linmasi yaxshi daromad keltirmoqda. Aynan shuning uchun korporatsiyaning yangi direktori Kadzuo Xirai shu sohadagi ilg‘or ishlanmalarga asosiy e'tiborni qaratmoqda.
PlayStation 4 o‘yin pristavkasi uchun Project Morpheus virtual reallik shlemi prototipi namoyish qilingan edi. Bu shlemga qiziqarli o‘yinlar ishlab chiqish uchun yangi studiya tashkil etildi.
Virtuallik reallik uchun o‘yinlar ishlab chiquvchi yangi studiya Buyuk Britaniyada ochiladi va North West Studio deb nomlanadi (biroq bu nom o‘zgarishi ham mumkin). Ayni paytda studiyaga xodimlarni yollash ishlari olib borilmoqda. Vakansiyalar orasida o‘yin jarayonini dasturlovchi yetakchi mutaxassis, grafik effektlarni dasturlovchi tajribali mutaxassis, yetakchi dizayner, personajlar animatori, bosqichlar dizayneri kabi lavozimlar bor.
Virtual reallik shlemi 2016 yilning iyuniga qadar sotuvga chiqarilishi kerak. Iyun o‘rtasida o‘tkaziladigan Ye3 2015 ko‘rgazmasida bu gadjyet uchun yangi o‘yinlarni ko‘rish mumkin bo‘ladi.