Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda gematologiya masalalari bo‘yicha xalqaro kongress bo‘lib o‘tadi
21-22 may kunlari Turkiya bosh vaziri devonxonasi qoshidagi hamkorlik va taraqqiyot idorasi (TIKA) tashabbusi bilan Toshkentdagi Radisson Blu mehmonxonasida “Zamonaviy shart-sharoitlarda gematologiya va transfuziologiyani takomillashtirish” mavzuidagi xalqaro kongress bo‘lib o‘tadi. Tadbirda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri, professor Anvar Alimov, Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Namiq Gyuner Erpul, Yildirim Boyazid universiteti rektori, professor Metin Do‘g‘an, Turkiya davlat shifoxonalari boshqarmasi rahbari Zafar Chuqurova, Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Haqqi Yeshilyurt va boshqalar ishtirok etadi.
Kongress ikki kun davom etadi. Bu vaqt davomida o‘zbekistonlik va xorijlik mutaxassislar sohaning dolzarb masalalari hamda erishilayotgan yutuqlarni tahlildan o‘tkazadi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot instituti qoshidagi to‘qimalarni ko‘chirish markaziga tashrif buyuradi.