09:28 / 21.05.2015
2962

Vashingtonda samolyot qo‘ndirgan pochtachi 9.5 yilga qamalishi mumkin

Vashington Kapitoliysi yaqinida shaxsiy samolyotni qo‘ndirgan 61 yoshli pochtachi 9.5 yilga qamalishi mumkin, deb xabar beradi Associated Press agentligi.

Kolumbiya okrug prokuraturasi Duglas Xyuzga nisbatan oltita ayblov ilgari surdi, ular ichida samolyotni litsenziyasiz boshqarish, milliy havo hududini buzish singarilar bor.

Ayblanuvchi bugun Vashingtondagi federal sudga tortilishi kutilmoqda.

15 apreldan buyon Xyuz uy qamog‘ida saqlanib kelindi. Unga Vashingtonga kelish, Oq Uyga yaqinlashish va samolyot boshqarish taqiqlandi.

Top