Jahon | 16:06 / 21.05.2015
3025
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya Moskvadagi tirbandliklarga qarshi kurashish uchun Rossiyaga yordam beradi

Yaponiya Rossiya tomoniga hududlardagi mashinalarning tirbandliklarga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishga tayyor. Bu haqda Yaponiya davlat yerlari, infrastrukturalar, transport va turizm vaziri o‘rinbosari Motoi Sasaki Rossiya-Yaponiya forumi jarayonida ma'lum qildi, deya yozadi TASS nashri.

«Yaponiya tranzit yo‘nalishlarni loyihalash bo‘yicha katta tajribaga ega bu tajribalarini Rossiya bilan o‘rtoqlashishga tayyor. Bu orqali Moskvadagi juda ulkan tirbandlik muammolarini bartaraf etish mumkin bo‘ladi», deydi Sasaki.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Yaponiya «Botanika bog‘i» metro bekatini loyihalash bilan shug‘ullanmoqda».

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish