17:31 / 21.05.2015
1938

Zayniddin Zidan: Jyerrardning timsolida o‘zimni ko‘rardim

Fransiyalik afsonaviy futbolchi Zayniddin Zidan Stiven Jyerrard haqida iliq fikrlar bildirib o‘tdi.

"Jyerrard - men ko‘p o‘ylagan fubolchilardan. Men uni juda qadrlayman. Va bunday gapni men hamma haqida ham aytavermayman.

Nima uchun u menga yoqadi? Chunki men unda o‘zimni eslatadigan jihatlarni ko‘rar edim.

U futbol maydonida shunday ishlarni amalga oshirardiki, keyin maydon chetida yana oddiy odamga aylanardi. U hech qachon kibrga berilmagan. U bilan birga o‘ynashni juda ham istagan bo‘lardim. Ammo u har doim o‘z klubiga - "Liverpul"ga sodiq qolgan", - deydi Zidan.

Top