Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
11 yoshli amerikalik o‘spirin kollejni 3ta diplom bilan yakunladi
AQShlik Tanishk Abraam ismli o‘spirin 11 yoshida kollejni bitirdi. The Los Angeles Times gazetasida yozilishicha, u Sakramentodagi merican River College’ning 3ta kichik mutaxassislik haqidagi diplomini qo‘lga kiritgan. Bola matematika, tabiiy fanlar va chet tilini astoydil o‘rgangan.
Abraam Tvitterdagi sahifasida yozishicha katta maqsad sari qo‘yilgan birinchi qadamlardan boshi osmondaligini ma'lum qilgan. Kelajakda u doktor va tadqiqotchi bo‘lishni, Nobel mukofotini olishni va AQSh prezidenti bo‘lishni istaydi, leb xabar beradi nashr. Ayni paytda u bakalavr darajasini olishni rejalashtirmoqda.
2014 yilda Abraam eng o‘rta maktab bitiruvchisi bo‘lgandi. Shu munosabat bilan prezident Barak Obama unga tabriknoma yo‘llagan edi.