11:12 / 22.05.2015
3030

Ali bin Ol Hussayn: Jahon chempionatida 36ta terma jamoa qatnashishi kerak

FIFA prezidentligi uchun kurashayotgan Iordaniya shahzodasi Ali bin Ol Hussayn agar u prezidentlikka saylanadigan bo‘lsa, Jahon chempionati ishtirokchilari sonini ko‘paytirishini aytib o‘tdi.

"Men FIFA prezidenti bo‘ladigan bo‘lsam, Jahon chempionati ishtirokchilari sonini 36taga yetkazaman. Bu ishni Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatidayoq amalga oshirishga va'da beraman", - deydi Ali bin Ol Hussayn matbuot anjumanida.

Avvalroq, FIFA prezidentligi uchun ikki nafar nomzod Luish Figu va Maykl van Prag saylovdan oldin o‘z nomzodlarini qaytarib olishgani xabar qilingandi.

Top