Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda o‘quvchilarga sinfxonada jinsiy aloqa qilishga ruxsat bergan o‘qituvchi hibsga olindi
AQShda o‘quvchilarga sinfxonada jinsiy aloqa qilishga ruxsat bergan o‘qituvchi hibsga olindi. Voqea Jorjiya shtatining Stoun-Mauntin shahrida sodir bo‘ldi.
25 yoshli o‘qituvchi Kventin Rayt 19 may kuni hibsga olindi. 8-sinf o‘quvchisining u bilan yozishmalarini o‘qib qolgan onasi o‘qituvchi ustidan politsiyaga arz qilgan.
Ta'kidlanishicha, yozishmada Rayt maktab o‘quvchisiga sinfxona qachon bo‘sh bo‘lishini ma'lum qilgan.
Bolalarga xonasini bo‘shatib berishdan tashqari, Rayt ularni kontratseptsiya vositalari bilan ta'minlagani ham aniqlandi. Bu ishlarni u 2014 yilning noyabridan amalga oshirishni boshlagan.