11:57 / 22.05.2015
2006

Eden Azar va Mourino APLda mavsumning eng yaxshilari sifatida tan olinishdi

Chelsi" tarkibida chempionlikni nishonlagan belgiyalik yarimhimoyachi Eden Azar Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan Premer liganing eng yaxshi futbolchisi sifatida e'tirof etildi.

Yilning eng yaxshisi bshchlish uchun Jon Terri, Fransesk Fabregas va Nemanya Matich (har uchchalasi "Chelsi"), Serxio Aguero («Manchester Siti»), David De Xea («Manchester Yunayted»), Xarri Keyn («Tottenxem») va Aleksis Sanches («Arsenal») kabi futbolchilar ham da'vogarlik qilishdi.

Londonliklar bosh murabbiyi Joze Mourino esa eng yaxshi murabbiy deb tan olindi. Unga bu borada Ronald Kuman («Sautgempton»), Garri Monk («Suonsi»), Naydjyel Pirson («Lester») va Arsen Venger («Arsenal») kabi murabbiylar raqobatchi bo‘lishdi.

Avvalroq, futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan o‘zaro so‘rovnomada Eden Azar "Chelsi"ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi sifatida qayd etilgandi.

Top