23:58 / 22.05.2015
2920

Yevropa rekonstruksiya va rivojlanish banki Qozog‘istonga 1 mlrd dollarlik ko‘mak ko‘rsatadi

Yevropa rekonstruksiya va rivojlanish banki (YeRRB) Qozog‘istonga 2015 yilning oxiriga qadar infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish uchun 1 mlrd dollarlik kredit ajratadi. Bu haqda YeRRB ning Rossiya, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘iliston bo‘yicha infratuzilmasi direktori Yekaterina Miroshnik xabar bermoqda.

“Bizlar xususiy yuk tashuvchi-operatorlar, logistik kompaniyalar bilan ishlaymiz, aeroport infratuzilmasidagi loyihalarni ko‘rib chiqamiz. Bizda umumiy tranzit koridori doirasiga sig‘uvchi aniq loyihalar qiziqish uyg‘otadi”, deb aytdi Miroshnik.

Miroshnik YeRRB Kaspiy tranzit koridorini rivojlantirish va unga sarmoya kiritishga qiziqish bildirishini ma'lum qildi.

Miroshnikning ta'kidlashicha, Qozog‘istonda ayni paytda investitsion muhit ko‘proq jozibador ko‘rinish olgan, xalqaro hakamlik kiritilgan, tanga xorijiy valyutaga bog‘lab qo‘yilgan.

Avvalroq Gretsiya YeRRBdan 2,5 mlrd yevro olishi ma'lum qilingandi

Top