19:44 / 22.05.2015
2110

Karlo Anchelotti “Real”da qolishni xohlashini aytdi

Madridning “Real” futbol klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Madridda faoliyatini davom ettirishni istayotganini aytdi.

“Men hozircha klub bilan kelgusi faoliyatim haqida gaplashmadim. Shuning uchun men hali ham “Real” bosh murabbiyiman va klub rahbariyati menga iste'foga chiqqanim haqida aytmaguncha klubning bosh murabbiyi bo‘lib qolaman.

Agar klubda qolsam, soz bo‘lardi, chunki mening o‘zim buni xohlayapman. Men Florentino Peres bilan doim yaxshi aloqada bo‘lganman, biroq u hozir bir qator muhim qarorlarni qabul qilishi kerak. Biroq, men oxirgi kunlarda o‘zaro munosabatlarimizda qandaydir o‘zgarishlar yuz berganini sezganim yo‘q. Agar ketsam ham, u bilan munosabatlarimiz avvalgidek yaxshi bo‘lib qoladi.

Mening intuitsiyam menga “Real”da qolishimni aytmoqda. Men buni juda hohlardim, chunki menga klub ham, shahar ham juda yoqadi. Ammo men bu mavsumdan keyin klub rahbariyatida menga ba'zi savollar tug‘ilishi mumkinligini tushunaman”, deb aytdi “Papa Karlo”.

Top