Jamiyat | 16:54 / 22.05.2015
2121
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada avj olgan chang allergiyasi o‘tib ketdi

Moskvada avj olgan chang allergiyasining eng murakkab qismi o‘tib ketdi. Bu haqda “Russkaya slujba novostey” agentligi xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Moskvaning bosh allergologi Aleksandr Pampura o‘z bayonotida kasallikning asosiy qismi o‘tgani, bundan keyin vaziyat nazorat ostida turishini ma'lum qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish