Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi muhojirlar jinoyatchilik reytingida O‘zbekiston va Tojikiston vakillari yetakchilik qilmoqda
Moskvada muhojirlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar miqdori bo‘yicha O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari birinchi o‘rinda turibdi. Bu haqda shahar prokurori Sergey Kudeneyev bayonot berdi.
“Agar jinoyatchilik reytingini tuzib chiqadigan bo‘lsak, unda O‘zbekiston fuqarolari birinchi o‘rinni egallaydi – ular 2 522 jinoyat sodir etgan, keyin 1 745 jinoyat sodir etgan Tojikiston fuqarolari keladi. Nihoyat, Qirg‘iziston vakillari 1 269 jinoyat sodir etgan”, – dedi prokuror “Moskovskiy komsomolets” nashriga bergan intervyusida.
Hisobotda aytilishicha, o‘tgan yili Moskvada fosh etilgan jinoyatchilarning 51 foizini “poytaxt aholisining o‘zi sodir etmagan”. MDH davlatlari fuqarolari tomonidan 9 606 jinoyat sodir etilgan bo‘lib, bu fosh etilgan barcha jinoyatlarning 20 foizini tashkil qiladi.
Bundan tashqari, Kudeneyev migratsiya “o‘z-o‘zidan yomon holat emas”ligini ta'kidlab o‘tdi hamda radikal millatchi tashkilotlar faoliyatini tanqid ostiga oldi.