Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik bokschi Olimpiada-2016 uchun yo‘llanma qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston boks terma jamoasi a'zosi Hasanboy Do‘stmatov keyingi yili Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkaziladigan Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish uchun yo‘llanma qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik bokschiga aylandi.
U havaskor-professional bokschilar yo‘nalishida (WSB) mavsum davomida o‘tkazilgan o‘yinlar evaziga yo‘llanmaga ega bo‘ldi. Do‘stmatov "Ukrain atamanlari" jamoasida ishtirok etib, jahon teytingida 49 kg vazn toifasida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Qayd etish joiz, Olimpiada yo‘llanmasi har bir vazn toifasida eng kuchli ikki sportchiga beriladi.