Sport | 18:54 / 22.05.2015
1966
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Qit'a xokkey ligasi rahbariga xokkeyni Rossiyadagi birinchi raqamli sportga aylantirishni topshirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qit'a xokkey ligasi (QXL) rahbari Dmitriy Chernishenkoga xokkeyni Rossiyadagi birinchi raqamli sportga aylantirishni topshirgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.

Putinning Chernishenko bilan suhbati 2014 yilning 28 noyabrida QXL direktorlar kengashi yig‘ilishidan so‘ng bo‘lib o‘tgan. Suhbat asnosida davlat rahbari Chernishenkoga kuchli liga yaratib, xokkeyni davlatdagi birinchi raqamli sportga aylantirishni topshirgani aytilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish