Jahon | 09:26 / 22.05.2015
1691
1 daqiqa o‘qiladi

Rigada Yevropa Ittifoqining “Sharqiy hamkorlik” Sammiti bo‘lib o‘tmoqda

Yevropaning “Sharqiy hamkorlik” dasturi doirasidagi to‘rtinchi sammiti Latviya poytaxtida o‘z ishini boshladi.

Mazkur dastur Yevropa Ittifoqi va Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Moldaviya, Armaniston, Ukraina o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, dastur o‘z oldiga mazkur hamkor 6 davlatga YeIga a'zo bo‘lish yoki vizasiz harakatlanish imkonini bermaydi.

Sammitda Ukraina va Moldaviyadan prezident va bosh vazirlar, Gruziyadan bosh vazir, Armanistondan mamlakat prezidenti, Ozarbayjon va Belausdan tashqi ishlar vazirlari ishtirok etdi.

Shu o‘rinda sammit yakuniy hujjati borasida hozircha bir qarorga kelinmagan. Jumladan, YeI Qrimni qo‘shib olinishini qoralagan bo‘lib, ushbu masalada Armaniston va Belarusning fikri boshqacha ekanligi, shuningdek ba'zi dastur ishtirokchi davlatlari hujjatda YeIga a'zo bo‘lish imkoniyati, shartlari aniq shaklda bayon etilmaganini bildirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish