Jamiyat | 16:59 / 22.05.2015
1754
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryolik elektr tarmog‘i nazoratchisi bir ko‘chada uch fuqaroni chuv tushirdi

Guliston tuman elektr tarmoqlari idorasida nazoratchi bo‘lib ishlab kelgan Akbarali Sultonov bir ko‘chaning o‘zida uch nafar iste'molchini aldab, olingan pullarni o‘zlashtirdi. “Huquq” gazetasida yozilishicha, hali 30ga kirmagan Sultonov muqaddam bir necha bor sudlangan. Ozodlikka chiqqach, tuman elektr tarmoqlari idorasiga nazoratchi sifatida ishga olingan.

U o‘ziga belgilangan hududda pul to‘plashga chiqib, nomi keltirilmagan iste'molchidan 100 ming so‘m olgan va soxta to‘lov kvitansiyasini bergan. Xuddi shu yo‘l bilan shu ko‘chada istiqomat qiluvchi boshqa fuqarodan 120 ming so‘m, uchinchisidan esa 200 ming so‘m olib, bu pullarni o‘zlashtirgan.
To‘lovlari ro‘yxatga kiritilmaganini aniqlagan fuqarolar tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan. Sultonov tezda qo‘lga olinib, jazoga tortilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish