19:55 / 22.05.2015
5001

Tojikiston turk litseylarini yopishni rejalashtirmoqda

Tojikiston hukumati mamlakatdagi turk litseylari faoliyati yo‘nalishini o‘zgartiradi.

Internet manbalarining yozishicha, mamlakatda 6ta turk litseyi bo‘lib, ular 1992 yilda ochilgan. Tojikiston hukumatining bunday qarorga kelishiga Turkiya hukumatining bosimi sabab bo‘lgan. Tojikiston xalq ta'limi vazirligining ma'lum qilishicha, shu yilning sentabr oyidan mamlakatdagi 6ta litsey yangi maqomga ega bo‘ladi. Ularda turk tilini o‘rgatish to‘xtatiladi, ushbu o‘quv muassasalarini moliyalashtirish ilgarigidek o‘quvchilarning ota-onalar hisobidan amalga oshiriladi.

Ma'lum qilinishicha, hozirgi kunda ushbu litseylarni boshqaruvchi kompaniyalar bilan muzokara olib borilmoqda. Litseyga Turkiya, Bangladesh, Pokiston va Rossiyadan o‘qituvchilar jalb qilinishi, rus va ingliz tilida dars o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.

Top